Kim qayerda to'xtab qolganini ko'ra boshladim
  • Admin
  • UX
  • Ma'lumot
  • Ta'lim

Kim qayerda to'xtab qolganini ko'ra boshladim

26
Kecha foydalanuvchilarga kurslarga ruxsat berishni qo'shdim. Bugun esa yetishmayotgan narsa ko'rindi: ruxsat berdim, lekin odam u bilan nima qilayotganini ko'rmayapman. Admin panelda har bir foydalanuvchining kurs va modul bo'yicha qayergacha yetgani ko'rinadigan qildim. Bu shunchaki raqam emas. Bir necha odam bir xil joyda to'xtab qolsa — bu mavzu tushunarsiz yozilgani haqida signal. Bunday narsani so'rab bilib bo'lmaydi, chunki odam odatda "tushunmadim" demaydi, shunchaki ilovani yopadi. Ishlash tomonidan bir qaror qabul qildim. Har bir foydalanuvchining butun tarixini har safar hisoblash mumkin edi, lekin foydalanuvchilar ko'paysa bu sekinlashadi. Shuning uchun natijani oldindan hisoblab, saqlab qo'yadigan qildim. Ma'lumot bir necha daqiqa eskirgan bo'lishi mumkin — bu yerda muhim emas, chunki hech kim progressni soniyama-soniya kuzatmaydi. Umuman, admin panelni qurishda men bitta savolga tayanaman: bu ekranni ochgan odam qanday qaror qabul qilishi kerak? Agar raqam hech qanday qarorga olib kelmasa, uni ko'rsatishning ma'nosi yo'q. Progress esa aniq qarorga olib keladi — qaysi mavzuni qayta yozish kerakligiga.