
- Backend
- Huquqlar
- Admin
- Reja
Har kim o'ziga tegishli narsani ko'rsin
27
Bugun uchta loyihaga tegdim, lekin uchalasida ham bitta mavzu edi: nima kimga tegishli.
O'quv platformasida barcha kurslar hamma foydalanuvchiga ochiq edi. Bir foydalanuvchi bo'lganda bu muammo emas, lekin ikkinchisi qo'shilganda darhol savol tug'iladi: u nimani ko'rishi kerak?
Har bir foydalanuvchi uchun alohida ruxsat qildim: kim qaysi kursga kira oladi. Buni admin panelda belgilash mumkin. Shu bilan birga yangi kurs ham qo'shdim.
Bu yerda bir narsani o'ylab qo'yish kerak edi. Ruxsatni tekshirishni faqat frontendda qilsa bo'lardi — kursni ro'yxatda ko'rsatmaslik yetarli. Lekin bu himoya emas, faqat yashirish: manzilni to'g'ridan-to'g'ri kiritgan odam baribir kirib ketardi. Shuning uchun tekshiruv serverda, ma'lumot beriladigan joyda turadi. Frontend esa ro'yxatni chiroyli ko'rsatadi, xolos.
Mashg'ulot ilovasida ham shunga o'xshash ish qildim: uch kunlik dastur endi haqiqiy hafta kunlariga bog'landi va uchinchi kun shanbadan jumaga ko'chirildi. Sabab oddiy — shanba kuni zalga borish rejasi qog'ozda yaxshi ko'rinadi, amalda esa bajarilmaydi.
Odatlar botida esa uyqu vaqtini o'zgartirdim. Kichik narsa, lekin bir hafta davomida eslatma noto'g'ri vaqtda kelgani jahlimni chiqargan edi.
Kunning umumiy xulosasi: dastur odamning haqiqiy hayotiga moslashishi kerak, aksincha emas.